Bugungi
kunda dunyodagi 221 davlatda
koronavirus infeksiyasidan zararlangan kishilar soni 703,8 million nafarga yetdi, ulardan
7,0 milliondan ortig‘i vafot etdi. So‘ngi kunlarda bir sutka ichida
7,0-10,0 mingta yangi kasallanish holatlari qayd etilmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Qozog‘istonda 1,4 mln, Afg‘onistonda 231,5
ming, Qirg‘izistonda 206,9 ming, Tojikistonda 17,8 ming holatda koronavirus kasalligi ro‘yxatga olingan.
2024
yil 01 mart holatiga O‘zbekistonda kasallanish
261 085 nafarga yetdi, sog‘ayish 99,1 foizni tashkil qilmoqda. 1637
nafar (0,06%) fuqaro ushbu
kasallikdan vafot etgan.
Kasallikning
tarqalganlik darajasi 1,0 ni tashkil
etmoqda (JSST ekspertlari xulosasiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1,0 gacha bo‘lsa vaziyat barqarorligini anglatadi).
Kasallikning
yuqtirib olish manbai 35-43% holatda
kasallangan oila a’zosi yoki qarindoshlari,
6-7% holatda bemor ko‘shnilari, 10-12%
holatda jamoat joylaridagi muloqot, 4-5
% holatda ish joyidagi muloqot ekanligi aniqlanmoqda.
Virus
genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan so‘ngi tahlillarning 100 foizida “omikron” shtammi
aniqlangan.
Butun
dunyoda COVID-19ga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri sifatida
unga qarshi vaksinalar bilan emlash, deb qaralmoqda.
Respublikada
COVID-19ra qarshi emlash jarayoni uchun jami 86,6 mln doza vaksina olib
kelindi va ishlab chiqarildi. Bugungi kunga qadar 85,2 mln doza vaksina
qo‘llanildi, shundan:
to‘liq
vaksina kursini olganlar – 18,1 mln
nafar (rejaga nisbatan – 78 foiz),
buster doza olganlar – 18,6 mln
nafar (rejaga nisbatan – 80 foiz),
revaksinatsiya qilinganlar– 14,7 mln
nafarni tashkil etdi.
Hozirda,
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining vaksina saqlash omborxonalarida Johnson & Johnson va Pfizer-BioNTesh
vaksinalari zaxirasi mavjud.
Dunyo
mamlakatlarida kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib hamda Jaxon
sog‘liqni saqlash tashkilotining xalqaro tibbiy sanitariya qoidalari yuzasidan
qabul qilgan tavsiyalariga muvofiq va dunyo mamlakatlarining tajribalaridan
kelib chiqqan holda, Respublikasimiz hududida koronavirus tarqalishining oldini
olish yuzasidan fuqarolarimizdan shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya
etish, qo‘llarni vaqti-vaqti bilan antiseptiklar bilan zararsizlantirish, zarur
holatlarda ya’ni bemorlar bilan muloqot qilganda niqob taqish qoidalariga amal
qilish, koronavirusga infeksiyasiga qarshi buster dozalarda revaksinatsiya
ishlarini davom ettirish tavsiya etiladi.
Qizamiq
bo‘yicha epidemiologik vaziyat nazorat ostida bo‘lsa ham, qizamiq kasalligiga
shubha qilingan shaxslar bilan aloqada bo‘lganlar epidemiologik ko‘rsatma
asosida profilaktik emlash bilan qamrab olindi.
Respublikamizning
barcha hududlarida qizamiq va qizilchaning oldini olish bo‘yicha qator
treninglar va seminarlar o‘tkazildi. 9
500 nafar tibbiyot xodimi qizamiq-qizilcha kasalligini epidemiologik
nazorat qilish, immunoprofilaktika tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘qitildi.
Birlamchi tibbiy muassasalarda qizamiqning oldini olish bo‘yicha 120 000 ta risolalar chop etildi va
tarqatildi. Ish rejasiga asosan mahallalarda 10 230 ta, bog‘cha va maktablarda 7 985 ta, sog‘liqni saqlash muassasalarida 3 793 ta qizamiq kasalligi haqida va qizamiqqa qarshi emlash
bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etildi. Shifokorlar bilan uchrashuvlarda 18
yoshgacha bo‘lgan bolalarni qizamiqqa qarshi
emlash xolatini taftish qilib emlanishi zarur bo‘lgan va o‘choqlardagi
muloqatda bo‘lganlarni emlash, karantin choralarini qo‘llash, diferensial
diagnostikani kuchaytirish va to‘g‘ri diagnoz qo‘yish talab etilishi takidlab
o‘tildi.
2023
yil davomida qizamiqqa qarshi jami 1 575
558 nafar bolalar milliy emlash kalendariga muvofiq emlandi. Ulardan 879 314 nafari 1 yoshdagi va 696 244 nafari 6 yoshdagi bolalar KPK vaksinasi (qizamiq+epid.parotit+qizilcha infeksiyalariga qarshi) bilan reja asosida
emlandi.
2 444 439 nafar aholi esa epidemik ko‘rsatma bo‘yicha KK (qizamiq
+qizilcha) vaksinasi bilan emlangan bo‘lsa joriy yilning hoziriga qadar jami 123
534 nafar bolalar milliy emlash kalendariga muvofiq emlandi. Ulardan 76 897 nafari 1 yoshdagi va 46 637 nafari 6 yoshdagi bolalar KPK vaksinasi (qizamiq+epid.parotit+qizilcha
infeksiyalariga qarshi) bilan reja asosida emlandi. Qizamiqqa qarshi epid
ko‘rsatma bo‘yicha
2024
yil 1 martgacha 6 oylikdan 7 yoshgacha bo‘lgan 2 780 541 nafar (99,6%)
bolalar
emlandi.
Sanepidqo`mita
Axborot
xizmati
@sanepidcommittee