Yangiliklar

2024-01-19

BRIFING: 2023 YIL SARHISOBI

topics-img

2023 yilda mamlakatimizda  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, o‘tgan yillar davomida Yevropa va Jahon savdo tashkilotlari xalqaro talablardan kelib chiqib, 40 ta sanitariya qoida va me’yorlari yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lsa, 2023 yilning o‘zida 14ta sanitariya qoida va me’yorlari yangi tahrirda qabul qilindi va xalqaro andozalarga moslashtirildi.

Qo‘mitaning ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  qarori bilan qo‘mita huzurida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi. Markazda o‘tgan yilda 417ta mutahassis malaka oshirdi va qayta tayyorlovdan o‘tdi. Markaz Niderlandiya, AQSH, Koreya, Malayziya, Germaniya, Rossiya kabi davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatdi.

2023 yilda AQSH kasalliklarni nazorat qilish markazlari (CDC) va Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan birgalikda amaliy epidemiologiya (FETP) dasturi doirasida “Epidemiologiya asoslarini o‘qitish” bo‘yicha kurslarda 20 nafar mutaxassis malakasini oshirib, epidemiologiya sohasidagi ilg‘or tadqiqot uslublarini amaliyotga qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘ldi.

Yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy ta’lim muassalarining 456 nafar bitiruvchisi ishga qabul qilindi hamda “ustoz-shogird” tamoyili asosida ularga malakali va tajribali mutaxassislar biriktirildi

Aholining epidemiologik barqarorligini ta’minlash maqsadida Yevropa va qo‘shni davlatlarda qayd etilayotgan yuqumli kasalliklarning mamlakatimiz hududiga kirib kelishi va tarqalish xavfini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar yanada takomillashtirildi. Jumladan bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun 205 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi, bu mablag‘lar 2017 yilda ajratilgan mablag‘larga nisbatan 10 baravarga ortdi va bolalarni 13 xil kasalliklarga qarshi emlash qamrovi 95 foizdan yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi maqsadida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.

Ekspоrtni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yil davomida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanadigan 1788 ta eksportyor korxonalar ro‘yxati  shakllantirildi. Ularga 1452 nafar qo‘mita xodimlari biriktirilib, eksportyor korxonalarda monitoring o‘tkazildi, ularning  muammolari o‘rganildi hamda ekspоrt qilish uchun ko‘maklashish ishlari amalga oshirildi .

Chetdan olib kelinadigan import mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosalar rasmiylashtirish jarayoni 30 foizgacha qisqartirildi.

Soha rivoji va  moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun qariyb 243 yarim mln dollarlik 5 ta investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

  Qo‘mita qoshida tashkil etilgan Milliy referens laboratoriya va 21 ta tarkibiy muassasalar laboratoriyalar xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilib ular tomonidan o‘tkazilgan xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil natijalari oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti jarayonlarida dunyo mamlakatlarida tan olinishiga erishilmoqda. Bunday tizimli ishlarni 2024 yilda ham davom ettirish rejalashtirilgan.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee