Brutsellyoz
qishloq xo‘jaligi va uy hayvonlari orasida keng tarqalgan kasallik hisoblanib,
bu kasallik bilan odamlar ham kasallanadi.
Odamlarda xastalik ko‘proq surunkali kechadi
va bemorni uzoq muddatga ish qobiliyatini yo‘qolishi va hatto nogironlikka ham
olib kelishi mumkin. Mayda shoxli hayvonlar o‘chog‘i kishilarga kasallikni
yuqishi jihatidan alohida ahamiyat kasb etadi. Brutsellyoz kasalligining yashirin
davri 3 dan 6 haftagacha, ba’zan 2 oygacha davom etadi.
Kasallik yuqish yo‘llari va keltirib chiqaruvchi
omillari:
·
qo‘y
va echkilar kasallik manbai bo‘lib, brutsellyoz kasalligi mikrobi tashqi
muhitga so‘lak, sut, qon, jinsiy a’zolar suyuqligi, plasenta va chala tug‘ilgan
qo‘zichoq va buzoq orqali ajraladi;
·
kasallik
asosan xizmatchilarga mayda shoxli hayvonlarni qo‘zilatish, boqish va parvarish
qilish paytida muloqot yo‘li orqali;
·
hayvon
mahsulotlari bo‘lgan xom sut va chala pishirilgan go‘shtni iste’mol qilish
jarayonida og‘iz orqali yuqadi.
Kasallik alomatlari:
·
haroratning
ko‘tarilishi;
·
et
uvishishi;
·
asabiylashish;
·
uyqusizlik;
·
tilning karash bilan qoplanishi;
·
teri va shilliq parda rangining oqarishi;
·
harakat
va tayanch a’zolar faoliyatining buzilishlari, bo‘g‘imlar harakatining
cheklanishi;
·
jinsiy
va tanosil a’zolarda orxit, hayz ko‘rishning buzilishi, bola tushishi va
muddatidan ilgari tug‘ish.
Kasallikning oldini olish uchun nima qilish lozim?
·
chorva
mollari saqlanadigan molxonalarni vaqti-vaqti bilan 10% xlorli ohak eritmasi
bilan zararsizlantirib turish;
·
bola
tashlagan, yo‘ldoshi vaqtida tushmagan mollar veterinariya xodimlari nazoratida
bo‘lishi, boshqa hayvonlardan ajratilishi va ularning chiqindilari xlorli
ohak bilan zararsizlantirilishi;
·
o‘lik
tug‘ilgan hayvon bolasi va yo‘ldoshi ehtiyotkorlik bilan 2 metr qazilgan
chuqurga tashlanib, ustiga xlorli ohak sepib ko‘mib yuborilishi, ularni itlar
va boshqa hayvonlar iste’mol qilmasligi;
·
kasal
hayvonlar bilan ishlovchilar maxsus kiyimlar (kombinzon, rezina etik, qo‘lqop,
xalat va respiratorlar) kiyib ishlashi;
·
hayvonlarning
junini olish jarayonida, molxonalarni tozalayotganda, albatta og‘iz va
burunga 4 qavatli dokadan tayyorlangan niqobdan foydalanish;
·
bolalar,
o‘smir va homilador ayollarni kasal hayvonlar bilan ishlashlariga yo‘l
qo‘ymaslik;
·
veterinariya
ko‘rigidan o‘tmagan molni so‘ymaslik va ularning mahsulotlarini iste’mol
qilmaslik;
·
go‘sht
va jigardan tayyorlanadigan taomlar, ayniqsa kaboblarni yaxshi pishirilishiga
ahamiyat berish;
·
belgilanmagan
joylarda yoki qo‘lda sotilayotgan sut, xom qaymoqni xarid qilmaslik;
·
doimo
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, ayniqsa qo‘l yuvish ko‘nikmalarini
shakllantirish kerak.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee