Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida O‘zbekistondagi xalqaro gumanitar “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda “Chegara bilmas shifokorlar” tomonidan amalga oshirilgan loyihalar to‘g‘risida fikr-mulohaza bildirildi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV infeksiyasi epidemiyasiga barham berishni ko‘zda tutuvchi «95-95-95» strategiyasi doirasida OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning o‘z maqomini bilishiga erishish maqsadida davolash-profilaktika muassasalarida klinik ko‘rsatmalar asosida bemorlarni OIVga ixtiyoriy tekshiruvlar bilan qamrab olish hamda aholi o‘rtasida OIV infeksiyasini erta aniqlash va profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee