“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligi munosabati
bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish haqida” gi (27.02.2024-y.,
O‘RQ–915-son) Qonun mazmun-mohiyatini
yoritishga qaratilgan
ANNOTATSIYA
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-915-son, 27.02.2024 y.) bilan
ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Qonun bilan davlat hisobidan
yuridik yordam olish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga bunday yordam
ko'rsatish uchun jinoyat, fuqarolik
ishlari va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha hamda
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning
ishtirok etishini ta'minlash tartibini belgilashga qaratilgan o'zgartirish
va qo'shimchalar kiritildi.
Ma'muriy
javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra:
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan
shaxsning iltimosiga ko'ra, davlat
hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatning
ishda ishtirok etishini ta'minlash choralarini ko'rishi shart.
Bunda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e'tiboran unga ishga kirishish uchun kamida
4 soat vaqt berilishi kerak.
Fuqarolik
protsessual kodeksiga
kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, sud da'vogarning yoki javobgarning iltimosiga
ko'ra, davlat hisobidan yuridik yordam
ko'rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta'minlash choralarini ko'rishi
shart.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining
O‘RQ–915-son
Qonuni, 27.02.2024-y.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee