Yangiliklar

2024-08-30

DAVLATOBODLIK HAMKASBLARGA BAYRAM TUHFASI

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Namangan viloyati boshqarmasi Davlatobod tuman bo‘limida mehnat qilayotgan soha xodimlari uchun Mustaqillik ayyomi qo‘shaloq bayramga aylandi.  Raximjon Mamajonov boshchiligidagi "Ravnaq" MCHJ bunyodkorlari barvaqt va’dalarining ustidan chiqdi. Zamonaviy ko‘rinishdagi barcha qulayliklarga ega uch qavatli bo‘limning binosi muddatidan avval qurib, foydalanishga topshirildi.

Muassasada bakteriologiya, parazitologiya laboratoriyalari, sanitariya-gigiyena, epidemiologiya, immunoprofilaktika, dezinfeksiya bo‘limlari va 60 o‘rinli konferensiya zali mavjud.

Binoning topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda viloyatda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislari, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzakov muassasa jamoasini, tadbir qatnashchilarini qo‘shaloq bayram bilan qutladi. Sohada 50 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan mehnat faxriysi Madaminjon ota Toirov xalqimiz tinchligi, osoyishtaligi, sog‘ligi, farovon turmushi yo‘lida g‘amxo‘rlik qilib kelayotgan Prezidentimizga minnatdorlik izhor etdi.

Bayram dasturxoni ustida muassasa binosi qurilishida namuna ko‘rsatib mehnat qilgan bunyodkorlarga jamoaning tashakkurnoma va sovg‘alari topshirildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee