Yangiliklar

2024-08-27

DORIXONALAR NIMA UCHUN TEKSHIRILADI?

topics-img

 Respublikamizda faoliyat olib borayotgan dorixonalar amaldagi qonunchilik doirasida Sanepidqo‘mita tomonidan faoliyati o‘rganiladi.

Bular:

Dorixona binosi, dorilarni tayyorlash,  saqlash va tarqatish xonalari, ma’muriy-maishiy xonalar (idora, kiyinish xonasi, hojatxona), kirish joyi 1 metr kenglikdagi pandus bilan jihozlanganligi, dori preparatlari va aseptik moddalar saqlanishi, shuningdek, dorixonalarning isitish, sovutish va yoritish tizimlariga hamda bu yerda ishlovchi xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar hisoblanadi.

  Dorixona binolarida, xususan, dori vositalari saqlanadigan joylarda mikroiqlim sharoitlari:

 Ba’zi dorilar xona namligi yoki harorati uchun maxsus talablarga ega. Shuning uchun  dorixonalarning mikroiqlim ko‘rsatkichlari “Isitish, ventilyasiya va kondisiyalash” talablariga javob berishi lozim. Bu talablar ularni  saqlash joyini tashkil qilishda e’tiborga olinishi kerak.

 Dorixona xizmatchilari hujjatlari:

 Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan va sanitariya minimumi kursidan o‘tganligi tekshiriladi.

Dorixonaning tozalik darajasi:

  Ish joyi va  xodimlar kiyimining talab darajasida ekanligi hamda xona holatiga ko‘ra baholanadi.

  Turli jurnallarining mavjudligi va to‘g‘ri yuritilishi:

 Dezinfeksiya, dezinskeksiya jurnallarining to‘g‘ri yuritilishi, kundalik tozalash ishlari o‘tkazilganlik holatlari baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida qayd etilgan sanitariya qoida va me’yorlariga rioya etmaslik holatlari aniqlansa, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, dorixona faoliyati to‘xtatiladi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee