Emlash – profilaktik tibbiyotning ajralmas qismidir. Profilaktik emlashlarning Milliy kalendari bu masalada asosiy hujjat hisoblanadi.
Bugungi kunda respublikada 6,5 mln. bola epidemik ko‘rsatkichlar bo‘yicha emlandi.
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha shaxslar va yurtimizga tashrif buyuruvchilar epidemik ko‘rsatkich bo‘yicha qizamiqqa qarshi vaksinani bepul olishlari mumkin.
Qizamiqqa qarshi faqat qizamiq komponentlarini saqlovchi (K) yoki qizamiq va qizilcha komponentlari birlashtirilgan (KK) va qizamiq, qizilcha va tepki komponentlari birlashtirgan (KPK) vaksinalaridir.
O‘zbekiston Respublikasi emlash kalendariga asosan vaksinaning birinchi KPK-1 dozasi 12 oylikda, KPK-2 dozasi 6 yoshda yuboriladi. Bolalarni maktabga chiqqan vaqtidagi qizimiqqa qarshi emlanganligi Skriningi (tekshirish, o‘rganish) barcha bolalarni qizamiqqa qarshi ikki marta emlanishini ta’minlaydi.
Agar qizamiqq kasalligi tarqaladigan bo‘lsa, bolalarga KPK-1 emlashni vaqtliroq 6 oylikdan boshlab o‘tkazish mumkin. Bunday hollarda bolalarga milliy kalendar asosida (12 oylikda va 6 yoshda) qizamiqqa qarshi qo‘shimcha emlash o‘tkaziladi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee