Telegram ijtimoiy tarmog'idagi kanallarda poytaxtimizdagi mashhur fast-foodlarning birida ovqatdan zaharlanish holatlari kuzatilmoqda, mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Ushbu xabarga ko'ra, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, ayni so'nggi kunlarda ovqatlanish korxonasida taom iste'mol qilib, undan zaharlanganlik bo'yicha Boshqarma va uning tuman bo'limlariga shoshilinch xabarnoma hamda murojaatlar kelib tushmagan. Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma'lum qilamiz.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee