Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi , YUNISEF tashkiloti va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida Termish shahridagi «Termez Palace» mehmonхonasida jamoat salomatligi sohasidagi favqulodda hodisalarga tayyorgarlik yuzasidan ikki kunlik o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda.
Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasida XTSQ 2005ni bajarilishini tashqi baholashdagi tavsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha hududlardagi mutaxassislarning bilim darajasini yanada oshirish va FVV va Sanepidqo‘mita mutaxassislarini favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik yuzasidan hamkorlikda ishlashga o‘rgatishga qaratildi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee