Yangiliklar

2024-10-08

GELMINTLARNI ANIQLASH UCHUN SURTMA NAMUNALARI OLINDI

topics-img

Hozirda bolalar orasida ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri gelmintozdir. Bolalar organizmida bo‘lgan gijjalar oshqozon-ichak traktiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ozuqa moddalarining o‘zlashtirilishi jarayonlarini buzadi, davo o‘z vaqtida olib borilmaganida esa hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolar — o‘pka, bosh miya va boshqalarni shikastlashi mumkin.

Parazitlar turiga qarab turli usullarda yuqishi mumkin. Masalan, askaridalar asosan qo‘lini yaxshi yuvmaydigan bolalarda ko‘p uchraydi. Ostritsalar esa odamga  iflos qo‘llar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda og‘iz va burunga tushadigan  chang orqali ham yuqishi mumkin.

 Sanepidqoʼmita Buxoro viloyati boshqarmasi Shofirkon tuman bólimi parazitologiya bo‘linmasi xodimlari  tomonidan 42-sonli umumta’lim maktabi o’quvchilardan gelmintlarni aniqlash maqsadida tahlil uchun surtmalar olindi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee