Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazida virusli gepatit С skriningi o‘tkazilayotgan poliklinikada birinchi marotaba virusli gepatit С aniqlangan bemorlarga markaz tomonidan virusli gepatit С ga PZR tekshiruvi bepul tarzda o‘tkazib beriladi.
Buning uchun siz virusli gepatit С skriningi o‘tkazilgan poliklinikadan virusli gepatit С birinchi marotaba aniqlanganligini tasdiqlovchi tekshiruv natijasi, yo‘llanma va pasport bilan Markaz qoshidagi poliklinikaga kelishingiz mumkin.
To‘liq ma’lumot uchun +99871 203 01 86
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee