BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) hamda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda “Global sogʻliqni saqlash xavfsizligi dasturi” doirasida amalga oshiriladigan yangi loyiha ish boshladi. “Global sogʻlikni saqlash xavfsizligi: sogʻlikni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarni boshqarish, xavfdan ogoh etish va jamoatchilikni jalb qilish” mavzusi ostida Toshkent shahrida Sanepidqoʻmita, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamkorligida oʻtayotgan seminarda qo`mitaning hududiy boshqarmalari xodimlari ham ishtirok etmoqdalar.
Unda Oʻzbekistonning odamlar va hayvonlar salomatligi uchun xavf tugʻdiradigan turli tahdidlarning oldini olish, aniqlash va ularga oʻz vaqtida javob berish masalalari muhokama qilinmoqda.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee