Shu ma'vzuda Sanepidqo'mita Qo'shrabot tuman
bo‘limida olib borilayotgan ishlar, kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan
rejalar bo‘yicha, tuman Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda olib
borilayotgan ishlar bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Dastlab tuman
Sanepidqo'mita Qo'shrabot tuman bo‘limida xodimlar ishtirokida yuqoridagi
mavzular bo‘yicha 2023 yil sarhisobi va 2024 yilda amalga oshirilishi kerak
bo‘lgan rejalar atroflicha o‘rganilib chiqildi.
Shundan so‘ng tuman Tibbiyot birlashmasida
ushbu kasalliklar kelib chiqishi,uni oldini olish va undan saqlanish yuzasidan
seminar tashkil etildi. Savol-javob
tarzida o‘tkazilgan seminarda mutaxassislar tamonidan atroflicha tushunchalar
berildi.
Emlash xonalari ko‘zdan kechirilib, eslatma
materiallar tarqatildi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee