Yangiliklar

2024-08-13

HAMJAMIYATNI JALB QILISH, HAMJAMIYAT ISHTIROKINING STANDARTLARIGA KIRISH

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, UNICEF va USAID tashkilotlari, "Yuksalish" harakati bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan

"Hamjamiyatni jalb qilish, hamjamiyat ishtirokining standartlariga kirish" mavzusidagi treningda reja grafigi bo`yicha birinchi bo`lib Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahri va Toshkent viloyati boshqarmalari va tumanlari jamoatchilik bilan ishlash bo`limi xodimlari ishtirok etdilar.

Treningda:

Axborot xizmati xodimlarining vazifalari. Favqulodda holatlarda OAVlar bilan ishlash.

Hamjamiyatni jalb qilish, hamjamiyat ishtirokining ahamiyati.

Hamjamiyatni jalb qilish strategiyalari.

Hamjamiyatni ishtirokini ta’minlashda duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar mavzularida taqdimotlar o‘tkazildi.

Guruhlarda ishlash, savol-javoblar tarzda o‘tkazilayotgan treningda qatnashchilar faol ishtirok etishdi.

Ushbu mavzudagi semiharlar reja bo‘yicha respublikaning barcha viloyatlarida otkaziladi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee