Navoiy shahridagi "Sahovat bozori" AJ ga qarashli markaziy dehqon bozorida Sanepidqo‘mitaning Navoiy shahar bo‘limi xodimlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nazorat tadbirlari va profilaktik tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida barcha oziq-ovqat mahsulotlari sotish pavilonlarida ishlovchi xodimlarga Sanitariya me’yor va qoidalariga rioya etgan holda ishlash, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Sotuvchilarga tushuntirish davomida ovqatdan, jumladan qo‘ziqorindan zaharlanish, yaxna ichimliklar va muzqaymoq tayyorlab sotishga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha tarqatma materiallar berib chiqildi. Bu boradagi ishlar dehqon bozorlarida davom etmoqda.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee