Ichimlik suvi
butun dunyo standartlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsuloti sifatida tasniflanadi. U
inson salomatligi uchun xavfsiz bo‘lishi uchun laboratoriya sinovlaridan
o‘tkaziladi.
Birinchi
navbatda tanlangan suv manbalari davlat standarti O`zDSt 951:2011 “Markazlashtirilgan xo‘jalik-ichimlik suvi
bilan ta’minlash manbalari, gigiyenik, texnikaviy talablar va tanlash
qoidalari” talablariga javob berishi shart. Agar tanlangan suv
manbalaridagi sifat ko‘rsatkichlari gigiyenik talablarga javob bermasa, u holda
suvlar maxsus tozalash inshootlarida bosqichma-bosqich qayta tozalanadi.
Sanepidqo'mita
Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tuman bo'limi bakteriologiya
laboratoriyasi xodimlari tomonidan ham tuman hududidagi ichimlik suv
tarmog'ining boshi berk nuqtalaridan olingan namunalar sanitar-bakteriologik tekshiruvlardan
o'tkazildi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee