Yangiliklar

2024-07-17

IMMUNIZATSIYA YO‘NALISHI BO‘YICHA O‘QITISHNING INNOVATSION USULI

topics-img

“Immunizatsiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitishning innovatsion usuli” mavzusida Sanepidqo‘mita va Toshkent shahar boshqarmasi immunizatsiya ishlariga  mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

 JSST eksperti R.Latipov ishtirokida tashkil etilgan mashg‘ulotda  qatnashchilarga immunizatsiya bo‘yicha o‘qitishning innovasion usullari  to‘g‘risida   alohida   ma’lumotlar berildi.

 Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, ularni eliminatsiya qilish va ayrim infeksiyalarni istiqbolda batamom yo‘qotish (likvidatsiya) dasturi aynan immunoprofilaktika tadbirlari yo‘nalishiga   asoslanadi.

Bolalarni  milliy emlash kalendari asosida  aholi va bolalarni  rejali  xavfsiz  emlash, umumjamoa immunitetini  paydo bo‘lishi   yuqumli kasalliklar bilan kasallanishni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

O‘zbekistonda immunizatsiya Dasturini amalga oshirish borasida muayyan yutuqlarga erishilgan. Yuqumli kasalliklarga qarshi immunizatsiya – davlatimizda  fuqarolar, avvalo, bolalar salomatligiga nisbatan keng ko‘lamli g‘amxo‘rligining ajralmas qismidir. O‘zbekiston Respublikasida immunoprofilaktika Strategiyasi amaldagi Qonunlarga, JSST tavsiyalariga asoslangan hamda qulay, bepul va aholining keng qatlamlarini qamrab olishga qaratilgandir.

Mashg‘ulot qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Aholi va bolalarni xavfsiz emlashni tashkillashtirish bo‘yicha olgan innovasion yo‘nalishdagi ko‘nikmalari kelgusida  amaliyotda  qo‘llashlari ta’kidlandi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee