Konserva mahsulotlari tayyorlashda zarur texnologik
jarayonlar, ya’ni konserva zavodlaridagi kabi yuqоri
bosim ostida, 120-125 gradus issiqlikda
o‘tkaziladigan sterilizatsiya jarayonini uy sharoitida bajarib bo‘lmaydi.
Oxirgi vaqtlarda dehqon bozori peshtaxtalarida,
xususiy savdo do‘konlarida, noqonuniy ko‘cha savdo joylarida, sifati
kafolatlanmagan, hujjatlari bo‘lmagan, uy sharoitida tayyorlangan turli xil,
“baklashka”lardagi sut mahsulotlari, tuzlamalar sotilishi va ularni fuqarolar
tomonidan iste’mol qilish natijasida ovqatdan zaharlanish holatlari qayd
qilinmoqda.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor
tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan
doko'nlarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik
muddatlari, saqlanish holati yuzasidan muntazam ravishda o'rganish ishlari
amalga oshirilmoqda.
O'tkazilgan tekshiruvlar natijasida polietilen idishlarga tuzlangan garimdori va janduq mahsulotlari noma'lum sharoitda tayyorlangani sababli savdodan olinib, brakeraj qilindi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee