2024 yil 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan
tadbirda Jahon Sog‘liqni saqlash
tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi GAVI tashkiloti yordamida
sotib olingan genetik tahlil uchun laboratoriya jihozlarini Respublika
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga
topshirdi.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti jamoat sog‘lig‘ini mustahkamlashda
O‘zbekiston Respublikasini doimiy
ravishda qo‘llab quvvatlab kelmoqda.
Emlash va immunizatsiya Alyansi GAVI bilan
sa’y-harakatlarni birlashtirgan holda JSST mintaqaviy ofisi O‘zbekiston
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga virusli
infeksiyalarni genom tahlil qilish uchun zamonaviy laboratoriya uskunalarini
topshirdi.
MiniSeq uskunalari haqida
Eng zamonaviy
MiniSeq uskunalari genetik analizning ishonchli texnologiyasini ta’minlaydi.
DNK va RNKdagi nukleotidlar
ketma-ketligini aniqlashning
tejamkor usuli ushbu vositani
ishlatish uchun qulaylik yaratadi. Buning yorqin misoli - COVID-19 tajribasi: SARS-CoV-2 virusi
genomining ketma-ketligini tez aniqlash vaksinalarni ishlab chiqish va
virusning yangi variantlarini aniqlashda hal qiluvchi daqiqa bo‘ldi.
“Ushbu
loyiha nafaqat asbob-uskunalar bilan bog‘liq. Biz Sanitariya-epidemiologiya
sohasi yangi imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishi uchun asboblarni
o‘rnatish va xodimlarni o‘qitishni
ta’minlaymiz. Turli infeksiyalarni tekshirish uchun reagentlar yetkazib berish
tashabbusimizning yana bir muhim jihatidir. Uskunalar, treninglar va
resurslarning bu simbiozi O‘zbekistondagi kuchli va barqaror sog‘liqni saqlash
tizimiga va butun dunyo bo‘ylab aholi salomatligi uchun kurashga qo‘shgan
hissamizdir”,
- deydi JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, doktor Asheyena
Xalakdina.
Uskunalar va texnik yordam ko‘rsatilishi
O‘zbekiston tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirishdagi muhim qadam,
shuningdek, aholi salomatligi uchun global kurashda qo‘shimcha vositadir.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee