Gruziya davlatining Tbilisi
shahrida JSST va AQSH kasalliklarni
nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) tomonidan Sharqiy Yevropa va
Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari uchun Jamoat salomatligini saqlashdagi
favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish
markazlari faoliyati va kelgusida Jamoat salomatligini favqulodda boshqarish
dasturini rejalashtirish hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi
xodimlar bilim saviyasini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
JSST va AQSHning CDC tashkiloti
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi qoshida
tashkil etilgan yangi bo‘linma “Jamoat
salomatligini saqlashdagi favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish
markazi” faoliyati yuqori baholandi. Ekspertlar tomonidan aynan ushbu
markaz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
qoshida tashkil etilishi maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi.
Ushbu seminarda kelgusida har bir
davlatda Jamoat salomatligini saqlashdagi favqulodda vaziyatlarga tezkor javob
qaytarish markazlari faoliyatini yanada
takomillashtirish va mutaxassislar bilim saviyasini oshirishda barqaror tizimni
yaratish belgilandi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee