Jazirama issiq – havo haroratining bir necha kun davomida 10 va undan ortiq gradusga keskin ko‘tarilishi bilan tavsiflanadi.
Issiqlik olishning kritik holati jazirama issiqda uzoq muddat bo‘lish natijasida oftob urishi yoki yurak faoliyatining buzilishi oqibatida yuzaga keladi. Tananing qizarib ketishi, kuchli chanqash, qaqrab ketish issiqlik urishining asosiy belgilaridan hisoblanadi. Keyinchalik yurak faoliyatining to‘xtab qolishi, hushdan ketish holatlari ham kuzatiladi.
Jazirama issiq paytida qanday harakat qilish kerak.
1. Harorat ko‘tarilganda issiqdan panaga o‘ting. Havo o‘tadigan och rangdagi kiyim (paxta matosidan tayyorlangan) kiyish tavsiya etiladi. Bosh kiyimni ham kiyishni unutmaslik kerak.
2. Ko‘p suv ichish – suv ichish organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi. Issiq paytida har kuni suyuqlik iste’mol qilishni ko‘paytirish kerak. Oddiy ichimlik suvi iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Pivo va boshqa alkogol ichimliklar organizmni yomonlashishiga olib keladi. Jazirama issiq paytida soat 12.00 dan 16.00 ga qadar ko‘chaga chiqmaslik va ochiq quyoshda yurmaslik tavsiya etiladi. Kunni shunday rejalashtirish kerakki, jazirama issiq vaqtini uyda yoki ishxonada o‘tkazish darkor.
3. Tez-tez dush qabul qiling. Tez-tez dush qabul qilish tananing nafas olish tizimini yaxshilaydi. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. Suvni kuchli sovutish oqibatida haroratning keskin o‘zgarishi zotiljam kasalligiga yo‘l ochib beradi.
4. Jazirama issiq urganda zudlik bilan soya joyga, shamol bor joyga o‘ting yoki dush qabul qiling. Tanani sovutishga xarakat qiling.
5. Ovqatlanish tartibini o‘zgartirishga xarakat qiling. Jazirama issiq paytida sovuq ovqatlar, ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ovqat albatta tuzli bo‘lishi darkor, chunki havo harorati yuqori bo‘lganda odam organizmidan ko‘p miqdorda natriy chiqib ketadi.
6. Sintetik materialdan kiyim kiyishdan saqlaning. Tabiiy mahsulotlar- paxta, ipak tolalaridan tayyorlangan kiyimlar issiq havoda qulaydir. Kepka, panama yoki shapka kiyishdan uyalmang. Issiq urishi asosan boshning isib ketishidan bo‘ladi.
7. Bunday issiqda kondisionersiz qiyin. Kondisioner bor xonada bo‘lganingizda uning ro‘parasiga o‘tirmang. Kondisionerning ishlashi jarayonida qanchadan –qancha bakteriyalar sovuq havo bilan birga xonada haydalib, surunkali bronxit va pnevmoniyani qo‘zg‘atadi.
8. Tana haroratinig sovushi qo‘l va oyoq mushaklarini tortilishiga olib keladi. Issiq urishi alomatlaridan (umumiy charchash, bosh og‘rig‘i, hushni yo‘qotish, yuz terisini qizarib yoki oqarib ketishi, puls me’yori buzilishi) terlash natijasida inson organizmida suvga ehtiyoj ko‘payadi, shu sababli 80-100 ml.miqdorida suv ichish va og‘iz bo‘shlig‘ida bir oz ushlab turish, badanni sovutib, soyaga o‘tib, badanning hamma yeriga suv quyish zarur.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee