Yangiliklar

2024-10-08

JSST MAYMUN CHЕCHAGI VIRUSINI ANIQLAYDIGAN ILK TESTNI TASDIQLADI

topics-img

Maymun chechagi (Mpox) virusi avgust oyi o‘rtalarida Afrika mintaqasida favqulodda holat, deb e’lon qilingan edi. Kasallik avj olishi munosabati bilan tez va aniq testlarga ehtiyoj keskin oshdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagini  aniqlash uchun tarixda birinchi testni shoshilinch qo‘llash uchun ma’qulladi. Abbott Molecular Inc. kompaniyasining Alinity m MPXV assay mahsuloti kasallikni in vitro tashxislash uchun mo‘ljallangan.

JSSTning fikriga ko‘ra, testdan foydalanish kasallik avj olishi munosabati bilan tezkor va aniq testlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshgan mamlakatlarda diagnostik salohiyatni kengaytirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Erta tashxis qo‘yish o‘z vaqtida davolash va parvarishlashni, shuningdek, virusning tarqalishini nazorat qilishni ta’minlaydi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee