Yangiliklar

2024-04-04

JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN PRESS TUR O‘TKAZILDI

topics-img

2024 yil 4 aprel kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan “Milliy referens laboratoriyasining tarkibiy laboratoriyalari faoliyati va ularning imkoniyatlari bilan jurnalist va blogerlarni    yaqindan tanishtirish” mavzusida Press tur o‘tkazildi.

Bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Milliy referens laboratoriyasi tarkibidagi sinov laboratoriyalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, rasmiylashtirilayotgan sinov bayonnomalari xalqaro darajada tan olinishiga erishish maqsadida laboratoriyalarda xalqaro usul (metod)larni joriy etish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Milliy referens laboratoriya faoliyati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash yuzasidan Milliy referans laboratoriyamizni bosqichma bosqich xalqaro darajadagi usul (metod)lar bilan akkreditatsiya sohasini  kengaytirish asosiy maqsad qilib olingan.

Ushbu laboratoriyalarda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlik ko‘rsatkichlarini xalqaro uslullar bo‘yicha sinovlardan o‘tkazish uchun 2021-2022 yillarda 21 ta zamonaviy uskuna xarid qilindi. Bundan tashqari sinovlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan yordamchi jixozlar, kimyoviy reaktivlar, standart namunalar xarid qilindi.

2021 va 2023 yillarda 7 nafardan laboratoriya mutaxassislari Turkiya davlatiga borib Turk standartlar instituti, Turkiya davlati O‘rmon va qishloq xo‘jaligi vazirligining oziq-ovqat milliy referens laboratoriyasi va Istambul shahridagi “CEVRE” laboratoriyasida xalqaro standart talablari va laboratoriya sinovlarida ishtirok etib, amaliy va nazariy bilim ko‘nikmalariga ega bo‘ldi.

Yuqoridagilar asosida birinchi navbatda aynan ekspertbop oziq-ovqat mahsulotlari tanlanib, xavfsizlik ko‘rsatkichlari to‘liq qamrab olingan holda sanitariya-gigiyena, virusologiya va bakteriologiya sinov laboratoriyalarimiz ISO/IEC 17025:2017 «Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga bo‘lgan umumiy talablar» Xalqaro standarti bo‘yicha “Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot ILAC ning to‘laqonli a’zosi” bo‘lgan Turkiya Akkreditatsiya tashkiloti TURKAK dan 2022 yilda birinchilardan bo‘lib xalqaro akkreditatsiyadan movofiqiyatli o‘tib, 25 apreldagi AV-1737-T sonli akkreditatsiya guvoxnomasiga ega bo‘ldi.

Natijada O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi referens markazi  laboratoriyalari oziq -ovqat mahsulotlari havfsizlik sinovini xalqaro uslublar bo‘yicha amalga oshirish imkoniyatiga, ya’ni laboratoriyalar tomonidan olib borilgan sinov natijalarini ILAC MRA  a’zosi bo‘lgan 100 dan ortiq davlatlarda xalqaro darajada tan olinishiga erishildi.

Sinov natijalarini xalqaro darajada tan olinishini ta’minlash maqsadida laboratoriyalar bayonnomalarida ISO/IEC 17025 standartiga muvofiq ILAC belgisidan foydalanishimiz mumkin bo‘ldi.

Shu bilan birga Respublikamiz tadbirkorlari uchun jaxon bozoriga chiqishda bir qancha imkoniyatlar ochildi bunda:

- mahsulotlar ekspert qilinayotgan davlat ILAC a’zosi bo‘lsa u  davlatda import qilish vaqtida qayta tekshiruvlardan o‘tkazilmaydi, bu o‘z navbatida qo‘shimcha vaqt va mablag‘ talab etilmaydi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Milliy referens laboratoriyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi tibbiyot Bosh boshqarmasining Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi, “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ Markaziy SES (15 ta), Chilonzor, Qibray, Zangiota, Uchqo‘rg‘on, Jalaquduq, Baliqchi  tumanlari, Qo‘qon, Nukus shaharbo‘limi (8), jami 24 ta laboratoriya majmualari “ILAC MRA” xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 maydagi Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5129 sonli qarori asosida 2024-2025 yillarda hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlarini 100 dan ortiq turdagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanishini ta’minlanadi.

 2030 yilga qadar kamida 5 ta sinov laboratoriyalarda Yevropa davlatlari va Butunjaxon savdo tashkilotiga a’zo davlatlarda me’yorlangan pestisidlar, antibiotiklar, sintetik rang beruvchilarni sinovdan o‘tkazishni joriy qilish.

Respublikadagi laboratoriyalararo solishtirma tahlillarni tizimli ravishda tashkil qilish uchun 2030 yilgacha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Milliy referens laboratoriyasini “Muvofiqlikni baxolash. Layoqatlilikni tekshirishni o‘tkazishga asosiy talablar” ISO 17043 xalqaro standarti talablari bo‘yicha “Muvofiqlikni baxolash organi” sifatida tayyorlash va akkreditatsiyadan o‘tkazish.

2030 yilga qadar tashqi grand mablag‘lari hisobidan sinov laboratoriyalarga laboratoriyalararo axborot almashinuv tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee