Yangiliklar

2023-11-07

KASB KASALLIKLARINI OLDINI OLISH BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR

topics-img

Respublikamizda kasb kasalliklarini oldini olish ikki yo‘nalishda  olib borilmoqda. Ya’ni

-  Mehnat sharoitlarini muxofaza  qilish va yaxshilash.

- Tibbiy profilaktik yordam ko‘rsatish

Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan kasb kasalliklarini oldini olish, mehnat va davolash reabilitatsiyasi uchun 2021-2023 yillarda respublikaning ko‘plab ishlab chiqarish tashkilotlari ishchilarini profilaktik tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Jumladan,  “Olmaliq Kon Metallurgiya Kombinati” AJ ga qarashli, Chodak kon boshqarmasi, Xondiza kon boshqarmasi, Chirchiq shaxridagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasi, Sherobod syement zavodi, Bektemir metal zavodi, Toshkent metal zavodi,  Logistika xizmati tashkilotlari, OOO AKFA FOOD va boshqa tashkilotlarning 20 000 dan ortiq xodimlari davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Kasb kasalliklari klinikasi respublikadagi yagona ixtisoslashtirilgan klinika bo‘lib, 100 o‘ringa ega. Unda har yili respublikaning barcha hududlaridan 3 mingdan ortiq bemor davolanish va reabilitatsiyadan, 33 mingdan ortiq bemor esa ambulator sharoitida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ular zararli va havfli omillar ta’sirida faoliyat olib borgan 80 dan ortiq asosiy ishlab chiqarish korxonalarining ishchilaridir.

So‘ngi bir yildagi o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar xulosalari asosida  9800 ta ishchi-xodimga (98%) ishga yaroqlilik ekspertiza hulosalari berildi, aniqlangan tashhislarga ko‘ra 42% tekshirilganlarga zarur davolash va sog‘lomlashtirish tadbirlari rejalashtirildi, 2% stasionar, 4% sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yuborish, 4116 ta ishchiga shifokor nazoratida bo‘lish, 290 ta ishchiga sog‘lig‘i xolatiga ko‘ra yengil yoki xavfli va zarali ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan boshqa ishga vaqtincha o‘tkazish bo‘yicha  tavsiyalar berildi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, kasb kasalligi tasdiqlangan bemorlar Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti klinikasida dispanser nazoratida turadi. Ular davlat tomonidan himoyalangan bemorlar guruhiga kiradi va klinikada har yili bepul davolanish, tekshirish va reabilitatsiya huquqiga ega.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee