Yangiliklar

2024-07-31

KIMYOVIY YUVISH VOSITALARIDAN TO‘GʻRI FOYDALANISH ZARUR

topics-img

Kimyo faning yutuqlari va erishayotgan yangiliklari xalq xo‘jaligining barcha jabxalariga keng kirib borayotganligi bugun hech kimga sir emas. Bu jarayonning ikki tomoni bor: biri u insonlarga talaygina  qulaylik yaratayotgan bo‘lsa ikkinchi tomni  shu insonlar sog‘lig‘iga yetkazayotgan zararlaridir.

Kundalik turmushda foydalanilayotgan yuvuvchi vositalar xonadon bekalarining ish samarasini beqiyos darajada oshirmoqda. Lekin ulardan to‘g‘ri foydlanmaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Yuvish vositalari, ayniqsa kislotalar bilan oqartiruvchi vositalarni aralashtirish mumkin emas, bunday aralashmalar zaharli, o‘ta xavfli gazlarni hosil qiladi.

Ehtiyot choralari qanday?

 

Eng avvalo ulardan to‘g‘ri, belgilangan yo‘nalishda va me’yorida foydalanishni bilish va quyidagilarga rioya etish kerak:

•  kimyoviy vositalarni qo‘llashdan oldin ularning o‘ram qog‘ozlaridagi xavfsizlik talablarini diqqat bilan o‘qib chiqish;

•  mahsulotning yaroqlilik muddatiga e’tibor berish;

•  yuvish vositalaridan foydalanayotganda rezina qo‘lqop kiyish;

•  kimyoviy vositalarni bolalar qo‘li yetadigan joyda saqlamaslik.

Har qanday zaharlanish yoki zaharli moddaning ta’siriga shubha qilingan taqdirda tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee