Yangiliklar

2025-01-10

KO‘KYO‘TAL KASALLIGI HAQIDA NIMALARNI BILISH LOZIM?

topics-img

Ko‘kyo‘tal – og‘iz, burun va tomoq bo‘shlig‘ida yashaydigan Bordetella pertussis bakteriyasi keltirib chiqaradigan nafas yo‘llarining o‘ta yuqumli kasalligidir.

Kasallik, ayniqsa chaqaloqlar uchun eng katta xavf tug‘diradi, chunki asosan yo‘talayotganda yoki aksirganda havo-tomchi yo‘li bilan tarqaladi. Odamdan-odamga osonlikcha yuqadi.

Ko‘kyo‘talning asosiy klinik belgisi o‘ziga xos xurjli spazmatik yo‘tal bilan kechishidir.

Ko‘kyo‘talning og‘ir shakllarida 6 oygacha bo‘lgan bolalarda nafas olishini to`xtab qolishi, sudorgi kabi bosh miyani zararlovchi gipoksiyalar kuzatilib, keyinchalik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ko‘kyo‘tal bilan kasallangan aksariyat bolalar 4-8 hafta davomida yo‘talish xurujidan aziyat chekishadi.

 Davolanmagan bemorlar yo‘talga yo‘liqqandan keyin uch hafta yoki undan ko‘proq vaqt davomida sog‘lomlarga kasallikni yuqtirishlari mumkin.

 Ko‘kyo‘talning oldini olish usuli bug‘ma va qoqshol anotoksinlari bilan biriktirilgan ko‘kytalning harakatsizlantirilgan butun hujayrali yoki hujayra tarkibiga kirmaydigan vaksinasidir.

O‘zbekiston Respublikasi milliy profilaktik emlash kalendarida pentavalent vaksinasi qo‘llaniladi, uning tarkibida bug‘ma va qoqshol anotoksinlari, gepatit Vga va gemofiliya infeksiyalariga qarshi vaksinalar bilan birga ko‘kyo‘talga qarshi butun kletkali komponentlar mavjud. Kalendarga muofiq revaksinatsiya talab qilinadi (3 va 4 oyliklarida). Vaksinatsiyadan keyin paydo bo‘ladigan immunitet to‘liq himoyani yarata olmasligini tushinish katta ahamiyatga ega. Lekin emlash olgan bolalarda kasallik yengil o‘tib, og‘ir asoratlar keltirib chiqarmaydi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee