Yangiliklar

2025-01-07

KORRUPSIYA– TARAQQIYOT KUSHANDASI

topics-img

 

 

KORRUPSIYA– TARAQQIYOT KUSHANDASI

Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizning rivojlanishi va dunyo hamjamiyatida muhim o‘rin tutishida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilinayotgan konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning quyi tizimidagi muassasalarda ham ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan:

1. Qo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, korrupsiyaviy havf-xatarlarni baholash uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va shu kabi 11 ta idoraviy hujjatlar xalqaro standartlarga mos ravishda qabul qilindi  va amaliyotga joriy etildi;

2. Korrupsion holatlar haqida ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta manzillari, rasmiy veb-sayt va “Ishonch telefoni”orqali uzluksiz xabar berib borish tizimi yo‘lga qo‘yildi;

3. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida korrupsiyaviy xavf-xatarlar, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirish masalalari, xodimlarning odob-axloq qoidalari mavzularida o‘quv seminar va davra suhbatlari tashkil etildi;

4. Davlat xizmatchisi sifatida xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida mehnat munosabatlarida tomonlarning lavozim majburiyatlari doirasida tuzilgan mehnat shartnomalariga o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik hamda o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik yuzasidan qator majburiyatlar kiritildi;

5. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar ro‘yxati, ayrim funksiyalar bo‘yicha xavf-xatarlarning birlashgan xaritasi, korrupsiya xavf-xatarga eng ko‘p duch keladigan xodimlar faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning vazifalari ro‘yxati, korrupsion xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib ijroga qaratildi;

6.  Sohada korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlar muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-saytlarda yoritib borilmoqda;

7.  Xodimlarni ishga qabul qilish jarayonlari ochiq, oshkora va shaffof tizimlar orqali, tanlovlar asosida amalga oshirish tizimi doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda;

8. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimi xodimlarining “Korrupsiyaga qarshi kurashishning umumiy asoslari” mavzusidagi maxsus o‘quv-kurslarida ishtiroki ta’minlandi;

9. Qo‘mita hamda uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarida muntazam ravishda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

           Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning quyi tizimidagi muassasalar xodimlari tomonidan qonun buzilishiga doir holatlar yoki ijtimoiy sohasiga doir noqonuniy harakatlarni ilg‘agudek bo‘lsangiz, qo‘mitaning quyidagi  78/ 888 01 01 (066) (011) telefon raqamiga hamda qisqa 1354 raqamiga yoki sanepidmurojaat.bot orqali xabar berishingizni yana bir bor eslatib  o‘tamiz! 

 Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee