Yangiliklar

2025-03-05

MUROJAAT VA ­NATIJA

topics-img

Chirchiq shahar 13-sonli maktabi oldidagi avtotirkamadagi taomlar savdosi to‘xtatildi!

 Toshkent viloyati Chirchiq shahar 13-sonli o‘rta ta’lim maktabiga tutashgan hududda o‘zboshimchalik bilan tashkil etilgan avtotirkamada uy sharoitida tayyorlangan donali taomlar savdosi amalga oshirilayotgani haqida murojaat o‘rganilib, holat bartaraf etildi.

Sanepidqo‘mita Toshkent viloyati boshqarmasi Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan Chirchiq shahar 13-sonli o‘rta ta’lim maktabiga tutashgan hududda o‘zboshimchalik bilan tashkil etilgan avtotirkamada uy sharoitida tayyorlangan donali taomlar savdosiga chek qo‘yildi.

Sanitariya-gigiyena talablari va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizlik qoidalariga zid ravishda savdosi holatlari aniqlanganda savdo to‘xtatilishidan maqsad maktab o‘quvchilarining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlashdan iboratdir.

 

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee