Eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar boshqa tashkilotlar qatorida Sanepidqo‘mita tomonidan ham amalga oshirib kelinmoqda.
Kodeks Alimentariusda tavsiya etilgan standartlar bo‘yicha oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun 391 ta xavfsizlik ko‘rsatkichlari belgilangan.
Aynan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining laboratoriya majmualarining 332 tasi xavfsizlik ko‘rsatkichlarini laboratoriya tahlilidan o‘tkazish imkoniyati mavjud.
Joriy yilning 9 oyi davomida amaldagi sanitariya norma va qoidalarni Kodeks Alimentarius talab va tavsiyalariga binoan moslashtirish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida 16 ta SanQvaN yangilandi.
Xalqaro standartlar asosida 684 nafar mutaxassis o‘qitildi.
Bu esa oziq-ovqat mahsulotlari bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee