Yangiliklar

2024-10-16

LABORATORIYALARNI ISO/IEC 17025:2017-SON XALQARO STANDART BO‘YICHA AKKREDITATSIYALASHGA QANDAY TALABLAR QO‘YILGAN?

topics-img

Poytaxtimizda ISO/IEC 17025:2017-son xalqaro standartni respublikamizning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasidagi laboratoriyalar faoliyatiga tatbiq qilish masalalariga bag‘ishlangan “Laboratoriyalarni ISO/IEC 17025:2017-son xalqaro standart bo‘yicha akkreditatsiyalashga qo‘yiladigan talablar” mavzucidagi seminarda shu haqida  so‘z bordi.

Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasining texnik ko‘magida tashkil etilgan ikki kunlik tadbirga oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organlar laboratoriyalarining mutaxassislari taklif etildi.

Seminarni o‘tkazishga xalqaro ekspert, professor Upali Samarajiva taklif qilingan bo‘lib, u respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash tizimida muhim rolga ega bo‘lgan laboratoriyalarni samaradorligini baholash, vakolatli davlat organlarining laboratoriyalarida bir-birini takrorlovchi tahlillarini oldini olish hamda laboratoriyalar faoliyatida ISO/IEC 17025:2017-son xalqaro standartini tatbiq qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishi kutilmoqda.

ISO/IEC 17025:2017-son standarti – bu laboratoriyalarning faoliyatini tartibga solish bo‘yicha xalqaro standart bo‘lib, uni joriy qilish va belgilangan barcha talablarga rioya etish laboratoriya tahlillarini ob’yektivligini isbotlash imkoniyatini yaratadi va boshqa laboratoriyalar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatishga yordam beradi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee