Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–878-son, 15.11.2023
y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan o'zgartirishga
ko'ra, sanitariya qonunchilikni, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiena
normativlarini buzish:
·
fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha;
·
mansabdor shaxslarga 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
“Litsenziyalash, ruxsat
berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan
qo'shimcha va o'zgartirishlarga muvofiq:
Litsenziyani yoki ruxsat
etish xususiyatiga ega hujjatni berish to’g’risidagi arizani rad etish uchun quyidagilar
asos bo’ladi:
·
qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat turlari uchun 1 yil muddatga litsenziyani olish;
·
sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan
muayyan faoliyat turi bilan shug'ullanish taqiqlanganligi.
Shuningdek, litsenziya
yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat quyidagi hollarda ham bekor qilinishi
belgilandi:
·
litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni
olgan shaxs tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari
muntazam ravishda (1 yil davomida ikki va
undan ortiq marta) buzilganda;
·
litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari 1
marotaba qo'pol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarlik fuqarolarning
hayoti va sog'lig'iga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va
qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon
yetkazilishiga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazilishiga, tinchlik
va xavfsizlikka tahdid solinishiga olib kelgan bo'lsa.
Ushbu hollarda
qonunchilikda belgilangan faoliyat turlari uchun 1 yil davomida qaytadan
litsenziya berilmaydi. Mazkur talab tadbirkorlik subyektining muassisi yoki
benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik
subyektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Qonunga ko'ra,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi quyidagi faoliyat turlari bo'yicha
litsenziyalash va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ
etib belgilandi:
·
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi;
·
pivo va pivo ichimliklarini ishlab chiqarish va
ulgurji savdo qilish faoliyati.
Tamaki mahsulotlari bilan
ulgurji savdo qilish Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligini xabardor
qilish tartibida amalga oshiriladi.
Tamaki mahsulotlari bilan
chakana savdo qilish esa joylardagi tuman (shahar) soliq inspeksiyalarini xabardor
qilish tartibida amalga oshiriladi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee