O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy
davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (PF–28-son, 02.02.2024-y.) mazmun
mohiyatini tushuntirish bo‘yicha
ANNOTATSIYA
Farmonga ko‘ra, jamiyat va
davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy vakillik
organlarining rolini oshirish maqsadida 33
ta funksiya va vakolatlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga o‘tkazildi.
Masalan, davlat bog‘cha va maktablarini tashkil etish, atmosfera
havosiga ta'sir etuvchi korxonalarni qurish joylarini, chiqindilar ko‘mib
tashlanadigan joylarni belgilash, yo'lovchi va yuk tashish tariflari, jumladan
fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar, tabiiy obyektlarga,
transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish va
boshqalar.
Xalq deputatlari mahalliy
Kengashlarining davlat organlarining hisobot (axborot)larini eshitishga doir
ayrim vakolat va funksiyalari 10 taga
birlashtirilgan holda
tizimlashtirildi.
Masalan, hokimlar va ular o‘rinbosarlarining 7 turdagi (dasturlar ijrosi; kichik biznes, tadbirkorlik, aholi
bandligi; kreditlar ajratish; hokim yordamchilari axborotlarini eshitish
yakunlariga oid) hisobotlarini eshitish – hokimlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish dasturlari ijrosi bo'yicha hisobotlarini eshitish doirasida
ko‘rib chiqiladi.
Farmonga muvofiq, mahalliy
Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab
chiqishda vazifalarni mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida
aniq belgilash amaliyoti joriy etiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarda
mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan, mahalliy Kengashlarning
qonunchilikda belgilangan vakolatlariga xos bo‘lmagan vazifalar ijrosi bo‘yicha
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlari mas’ul hisoblanadi.
Farmon bilan 2024-yil 1-oktabrgacha O‘zbekistonda
mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishi
nazarda tutilgan.
Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PF–28-son Farmoni, 02.02.2024-y.
Sanepidqo`mita
Axborot
xizmati
@sanepidcommittee