Yangiliklar

2024-10-14

MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA ERTALABKI FILTRLASH O‘TKAZILMOQDA

topics-img

Yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish uchun maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida ertalabki saralash ishlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, har bir o'quvchini maktab hamshirasi tomonidan tana harorati o'lchanib va qo'llarni dezinfeksiya qilib kiritilishi lozim.

Shu sababli, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan uyushgan bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida tumanda joylashgan bir qator maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ertalabki saralash ishlarining sifatli o'tkazilishi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borildi.

Nazorat davomida filtrlash jarayonlarida tarbiyalanuvchilarning tana harorati o'lchanishi, muassasalarning sanitariya holati, hojatxonalar va qo'l yuvish uchun chanoqlarning sozligi, yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar, zararsizlantiruvchi vositalar zaxirasi ko'zdan kechirildi va mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee