Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha eng muhim sanitariya-epidemiyaga qarshi (profilaktik) tadbirlardan biri ta’lim muassasalarida "ertalabki filtr" o‘tkazish bo‘lib, uning asosiy maqsadi bolalar va xodimlarda yuqumli kasalliklar belgilarini ular uyushgan jamoaning boshqa a’zolari bilan aloqa qilishidan oldin aniqlashdan iborat.
Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasi O‘zbekiston tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan 1, 2-umumta’lim maktablarida hamda 3, 14-Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki filtr jarayonlari bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganish davomida o‘quvchilarning tana harorati o‘lchanib, turli xil dezinfeksiya vositalari bilan qo‘llarini zararsizlantirish ishlari amalga oshirildi.
O‘quvchilarning qo‘l yuvishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee