Yangiliklar

2024-04-13

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG’LOM OVQATLANTIRISHNI TASHKIL ETISH

topics-img

Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, Buxoro viloyat prokuraturasi hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari hamkorligida, Peshku tumanida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Tumandagi 26-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tgan mazkur seminarda MTTlariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi ta’minotchi korxonalar vakillari, shuningdek,  MTT mudiralari, hamshiralar, oshpazlar hamda  xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirlar ishtirok etishdi.

Seminar jarayonida hamkor tashkilot mutaxassislari tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarining standart talablariga rioya qilish va ishlab chiqaruvchilarga qo‘yiladigan talablar ko‘rgazmali tarzda batafsil tanishtirib, tegishli tavsiyalar berildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee