MAKTABGACHA TA’LIM VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIDA
FOYDALANILADIGAN MEBELLARNI ISHLAB CHIQARISH, JOYLASHTIRISH VA JIHOZLASH
TALABLARI O‘ZGARАDI
“Maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim
tashkilotlarini jihozlashda foydalaniladigan mebellarga qo‘yiladigan
sanitariya-gigiyena talablari” 0057-23-son yangi SanQvaN loyihasi – maktabgacha
ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida foydalaniladigan mebellarni
ishlab chiqarish, joylashtirish va jihozlashga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena
talablarini belgilaydi.
Shuningdek,
mazkur SanQvaN loyihasiga quyidagi yangi talablar kiritilgan:
🔹Ikki qavatli krovatlarni tayyorlashda quyidagi
talablarga rioya qilish lozim:
✔️krovatlar
yerdan 800 mm va undan yuqori balandlikda joylashgan va to‘rt tomondan to‘siq
bilan o‘ralgan bo‘lishi;
✔️to‘siqning
ustki qirrasi va krovat asosining ustki yuzasi orasidagi masofa kamida 260 mm,
to‘siqning yuqori qirrasi va to‘shakning yuqori yuzasi o‘rtasidagi masofa
kamida 160 mm bo‘lishi;
✔️krovat va
to‘siqning pastki yuzasi orasidagi yoki to‘siqning alohida gorizontal yoxud
vertikal elementlari orasidagi tirqish 60 mmdan 100 mmgacha bo‘lishi;
✔️krovatdagi
to‘shak ustki yuzasidagi marker maksimal darajada o‘chirilmaydigan bo‘lishi
kerak.
Maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun dasturlar va multfilmlarni tomosha qilish
uchun ekran diagonali bo‘yicha 59–69 sm o‘lchamdagi televizorlardan
foydalanilishi kerak.
Umumiy
o‘rta ta’lim tashkilotlarining fizika, kimyo va biologiya fanlari-laboratoriya
xonalari ikki o‘rinli stollari bilan
jihozlanadi;
✔️ “Zamonaviy
maktab” loyihasi asosida quriladigan maktablarning fizika STEAM laboratoriya
xonalari ikki o‘rinli hamda kimyo va biologiya STEAM laboratoriya xonasi to‘rt
o‘rinli o‘quvchilarning 6 raqamli laboratoriya stollari bilan jihozlanishi
lozim.
✔️ Sinf doskasi GOST 22046-2016 “O‘quv muassasalari uchun mebel. Umumiy
texnik shartlar”ga mos kelishi kerak. Doskalar bo‘r, rangli flomasterlar bilan
yozishga, shuningdek, rasmlar va xaritalar magnit bilan mahkamlab o‘rnatishga
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Sanepidqo`mita Axborot xizmati