Tekshiruv jarayonida maktabda sanitariya qoidalarining buzilish holati va taqiqlangan mahsulotlar savdosiga yo'l qo'yilganligi aniqlandi.
Ushbu holat Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan 2- va 3-sonli umumta'lim maktabida o'tkazilgan rejali tekshiruv davomida ma'lum bo'ldi.
Tekshiruv jarayonida:
➖maktab oshxonasida taqiqlangan mahsulotlar savdosining yo'lga qo'yilgani;
➖maktab brakeraj komissiyasi faoliyatining qoniqarsizligi;
➖maktab hojatxonalaridagi eshiklar ta'mirtalab holatga kelib qolgani;
➖boshlangʻich sinf oʻquvchilarining filtr jurnallari yuritilmaganligi;
➖sport zalining shift qismidan suv sizib oʻtayotganligi;
➖sinfxonalarda kiyim ilgichlar yetarli darajada emasligi;
➖qo'l yuvish uchun mo'ljallangan rakovinalarning barchasi soz holatda emasligi aniqlandi.
Sanitariya qoidalarining buzilish holatini inobatga olgan holda maktab rahbariga tushuntirish va tavsiyalar berib o'tildi. Shuningdek, kamchiliklarga yo'l qo'ygani uchun maktab rahbariga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee