Yangiliklar

2024-08-14

MAKTABLARNING YANGI O'QUV YILIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

topics-img

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumandagi  271, 257, 250 va 70-sonli umumta'lim maktablarini kuzgi-qishki mavsumga va yangi o'quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi.

Maktabda olib borilgan  o‘rganish davomida quyidagilar ko'zdan kechirildi:

isitish tiziminig yuvilib tozalanganligi haqidagi dalolatnomaning mavjudligi;

kanalizatsiya, issiq-sovuq suv ta'minotining ishchi holatdaligi;

maktab tevarak-atroflarini to'liq o'ralganlishi;

chiqindi yig'ish yashiklarining yetarli ekanligi;

darsxonalari, sport zal, hojatxonalarning ta'mirlangani;

ovqatlanish zali, qo'l yuvish chanoqlarining sozligi;

tibbiy xona sovutgich va dori-darmonlar bilan ta'minlanganligi, zararsizlantiruvchi vositalar zaxirasining mavjudligi.

O'rganishlar davomida maktabning yangi o'quv yiliga Sanitariya qoida va me’yorlari  bo‘yicha tayyorligi aniqlandi va bir qator qo'shimcha tavsiyalar berildi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee