MALAKA OSHIRISH TRENINGLARI OʻTKAZILDI
Termiz shahrida “Maktabgacha taʻlim
tashkilotlarida oziq-ovqat xavfsizligining tamoyillarini o‘rganish va amaliy
ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida 16 soatlik malaka oshirish treninglari
oʻtkazildi.
📌 Joriy yilning
18-21-dekabr kunlari Termiz shahrida AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligining
“Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat
dasturi doirasida “Mercy Corps” [MERSIKO] xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi
hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat
salomatligi qoʻmitasi bilan hamkorlikda Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Shoʻrchi
tumanlaridagi maqsadli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan jami 90 nafar xodim
– direktor, xoʻjalik mudiri va oshpazlari uchun malaka oshirish treninglari
oʻtkazildi.
✅ Mazkur treningda
oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz tayyorlash va saqlash tushunchalari, MTTda
xo‘jalik bo‘lim boshlig‘i, bosh oshpaz va oshpazlarning
majburiyatlari, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun to‘yimli, xavfsiz
ovqatlanishni tashkil etish, DMTT oshxonalariga qo‘yilajak gigiyenik talablar,
oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish va saqlash hamda ovqat tayyorlash
uchun sanitairya-gigiyenik talablar, dezinfeksiyalash vositalarini saqlash
qoidalari, DMTTlarga “Mercy Corps” xalqaro NNT taqdim etgan oshxona
jihozlari va suvni filtrlash tizimlaridan foydalanish qoidalari kabi bir qator
mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.