Yangiliklar

2024-09-10

“MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA COVID-19: INQIROZ UCHUN JAVOB CHORALARI” DASTURI DOIRASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

topics-img

Markaziy Osiyoda salomatlik va osoyishtalik bo‘yicha Yo‘l xaritasiga muvofiq, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’qullangan va qo‘llab-quvvatlangan “Markaziy Osiyo mamlakatlarida COVID-19: inqiroz uchun javob choralari” dasturi  (CACCR) - II bosqich dasturini amalga oshirishni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti  o‘z zimmasiga olgan.

Ushbu tashabbus 2022 yilda boshlangan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi va JSSTning mamlakat idoralari tomonidan tegishli tashkilotlar, JSST Yevropa mintaqaviy byurosining texnik guruhlari va Markaziy Osiyo mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

Bugun Sanitariya - epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida ushbu dastur doirasida JSSTning eksperti Raxiliya Nurbayeva va JSST Immunizatsiya masalalari bo‘yicha eksperti Renat Latipov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyihaning umumiy maqsadi COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga ko‘maklashish va Markaziy Osiyo mamlakatlarida uni nazoratga olish, sog‘liqni saqlash tizimlarining uzoq muddatli istiqboldagi hayotiyligini oshirish, shuningdek, sohani raqamlashtirish orqali tibbiyot xizmatlari bilan qamrab olishda ko‘maklashishdan iborat.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee