Yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida jamoat to‘planadigan joylarda muntazam ravishda dezinfeksiya tadbirlarini o`tkazish muhim ahamiyatga ega.
Xabaringiz
bor, ayni kunlarda muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan jamoa bo'lib tarovih
namozlari o'qilmoqda. Mazkur holat yuzasidan soha mutaxassislari tomonidan
aholining salomatligini saqlash borasida har kunlik nazorat tadbirlari olib
borilib, joriy navbatchilik qismlari tashkil etilgan. Sanepidqo'mita Toshkent
shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi dezinfektor xodimlari tomonidan
tumanda joylashgan Oq uy, Al-badr, Valixo'ja o'g'li Norxo'ja jome masjidlarida
kasalliklarga qarshi dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
Dezinfeksiya jarayonida infeksiyalarning har qanday
o‘chog‘ini va ularning oqibatlarini yo‘q qilish uchun to‘liq harakatlar amalga
oshirildi. Dezinfeksiya paytida
mutaxassislarimiz tomonidan barcha sirtlarga, mebellarga, kirish
yo'laklariga, tahoratxonalarga, qo'l yuvish xonalariga va hojatxonalarga
professional kimyoviy moddalar bilan ishlov berildi.
Qayd etish joizki, ushbu
kimyoviy moddalar odamlar va hayvonlar uchun mutlaqo zararsiz, ammo shunga
qaramay, ular har qanday joyda infeksiyani yo‘q qilish vazifasini osonlikcha
yengadi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee