MTTLARGA OLIB KELINAYOTGAN
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI MAXSUS TRANSPORTDA OLIB KELINISHI LOZIM
Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar va maktab o‘quvchilarini xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishda eng
avvalo oziq-ovqat mahsulotlarining sifati,
tashib keltirilishi, saqlanishi va tayyorlanishi muhim hisoblanadi.
Tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilarni xavfsiz
ovqatlanishini tashkil etishda quyidagi qoidalarga amal qilish juda muhimdir:
Oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligini ta’minlash uchun
mahsulotlar xom-ashyosi, masalliqlar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab
chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish talablariga rioya etilishi
lozim;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tayyor oziq-ovqat
mahsulotlarini va ular xom-ashyolarini maxsus transportlarda tashib kelinishi
lozim va ushbu transport vositalaridan boshqa maqsadda foydalanishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Ushbu transport vositalari kuzovi ichki tarafidan oson yuviladigan
va dezinfeksiyalanadigan materiallardan yasalgan bo‘lishi kerak;
Transport vositalarida oziq-ovqat mahsulotlari
alohida, maxsus qopqoqli idishlarda (tozalash va dezinfeksiyalash vositalariga
chidamli bo‘lgan), “Faqat oziq-ovqat uchun” deb yozilgan belgi qo‘yilgan holda
bo‘lishi va maqsadli (o‘z o‘rnida) ishlatilishi lozim;
Oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyolarni yetkazib
beruvchi transport vositalarida oziq-ovqat mahsulotlarini (ularning turlariga
qarab) belgilangan haroratda saqlash
muhim;
Oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyolarni yetkazib
beruvchi shaxsning mahsulotlarni yuklash va tushirish uchun maxsus kiyimi
(xalat, bosh kiyimi, qo‘lqopi va boshqalar) bo‘lishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan
bo‘lishi, yuqumli kasallik belgilari, ifloslangan yarasi, ochiq jarohati
bo‘lmasligi, shuningdek, shaxsiy gigiena talablariga rioya qilishi shart;
Tashish jarayonida xom-ashyo va tayyor oziq-ovqat
mahsulotlar bir-biri bilan muloqotda bo‘lmasli kerak;
Barcha mahsulotlar qabul qilib olinayotganda, ularning
kelib chiqishi, sifati, saqlanish holati, qadog‘i butunligi va xavfsizligini
tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligiga ishonch hosil qilish lozim;
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish,
saqlash va realizatsiya qilish jarayonida amaldagi sanitriya qoidali, normalari
va gigiena normativlari talablariga rioya qilinishi shart.
Tashib keltiriladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlarini
ta’lim muassasasalari qoshidagi brakeraj komissiyasi tomonidan ko‘rib
chiqilishi, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan holda to‘g‘ri va sifatli qabul qilib olinishi
kerak;
Omborxonalarda oziq-ovqat mahsulotlari va ularning
xom-ashyolarini o‘rnatilgan tartibda, harorat talablariga mos ravishda saqlash
lozim;
Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, ularga termik
ishlov berish jarayonidja taomlar tayyorlash va pishirish
texnologiyalariga to‘liq amal qilish
zarur;
Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun
mo‘ljallangavn bino va inshootlar toza va sifatli ichimlik suvi bilan
ta’minlangan bo‘lishi zarur;
Oziq-ovqat mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish,
saqlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar malakasi muntazam
oshirib borilishi kerak.
Sanepidqo`mita Axborot xizmati