So‘nggi vaqtlarda Toshkent
havosi tarkibida PM2.5 dispers zarrachalari me’yoridan bir necha o‘n barobar
ko‘payganligi muhokama mavzusiga aylandi.
Xo‘sh, atmosfera havosining ifloslanishi inson
organizmga qanday ta’sir qiladi?
Atmosfera havosidagi muallaq zarrachalar – PM2,5
zarrachalar nafas yo‘lidan o‘tuvchi zarrachalardir. Chunki ular gaz almashinuvi
sodir bo‘ladigan alveolalar va o‘pka kapillyarlariga kirib, tizimli qon oqimiga
kirib, turli organlarga kirib, turli to‘qimalarning hujayralariga bevosita
mahalliy ta’sir ko‘rsatadi.
Mayda dispers zarrachalar hujayra
membranalariga kirib borish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, ularning
organlar va to‘qimalarda surunkali to‘planishi xavfi mavjud. Atmosfera havosida
PM10 va PM2ning yuqori konsentratsiyasiga uzoq muddatli ta’sir qilish
yallig‘lanish, kanserogen, teratogen, sitotoksik ta’sirga ega bo‘lib,
allergopatologiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi va insonning umr ko‘rish
davomiyligiga ta’sir qiladi.
Mutaxassislar PM2.5 dispers zarrachalaridan
himoyalanish bo‘yicha qanday tibbiy tavsiyalar berishadi?
Xona yoki inshootlarning pol va tokchalari,
ular ichidagi buyum hamda ashyolarni nam latta bilan tozalab turing. Uy yoki
bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qo‘yish chang darajasini
pasaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nam sochiqlarni osib qo‘ying.
Derazalarni yopiq holda saqlash. Ayniqsa,
kechasi va erta tongda eshik va oynalarni zichlab yoping!
Ko‘proq suv iching!
Ochiq havoda harakat qilishni cheklang!
Tez-tez dush qabul qiling! Ayniqsa,
tashqaridan uyga kirgach, bu jarayon nafas olishni yengillashtiradi.
Og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tuzli eritma
bilan yuvib tashlang!
Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar
tibbiy niqobdan foydalanishlari va ularni har 2 soatda almashtirishlari zarur!
Ko‘zlarni yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa,
linzadan foydalanuvchilar uchun bu juda muhim.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee