Yangiliklar

2023-08-25

MUZQAYMOQ ISHLAB CHIQARISHGA QO‘YILADIGAN GIGIYЕNIK TALABLAR

topics-img

Muzqaymoq - bu yangi pasterizatsiyalangan va quruq sutdan tayyorlangan shirinlik.

Gigiyenik tasnifga ko‘ra, bu oziq-ovqat mahsuloti tez buziladigan mahsulotlarga kiradi, chunki muzqaymoqlar tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va ishlatishda harorat rejimiga qat’iy rioya qilishni talab qiladi.

Iste’molchi sifatida siz muzqaymoq sifatini uning rangi, shakli va qadog‘iga qarab, ishlab chiqarilgan sana va uning tarkibiga e’tibor berishingiz mumkin. Albatta, mahsulotni saqlash shartlariga ham e’tibor berish kerak.

Bo‘yoqlar va oziq-ovqat qo‘shimchalaridan foydalanish qat’iy ravishda tasdiqlangan va ruxsat etilgan retsept bo‘yicha amalga oshiriladi.

Iste’molchi, muzqaymoq rangiga qarab, retsept bo‘yicha qo‘shilgan bo‘yoqlarning massa ulushlari nisbatlarining to‘g‘riligini aniqlay olmaydi. Mahsulotlarning sanitariya-kimyoviy, bakteriologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha xavfsizligi laboratoriya sinovlari natijalari bilan belgilanadi.

Xo‘jalik yurituvchi sub`ekt rahbari kafeda qadoqlanmagan holda taqdim etilayotgan muzqaymoqning sifati uchun javobgardir.

Xaridor mahsulotning tarkibi va xavfsizligini vizual va ta’miga qarab aniqlay olmaydi. Agar muzqaymoq deformatsiyalangan va qayta muzlatilganini sezsangiz, ushbu mahsulotga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena va epidemiologik talablar buzilganligini va bu sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini unutmang.

Bugungi kunga kelib, sotilayotgan muzqaymoqlar assortimenti xilma-xildir. Ular texnologiya va ishlab chiqarish reseptlarida bir-biridan farq qiladi.

Import qilinayotgan va ishlab chiqarilgan barcha mahalliy mahsulotlar qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy tartibda mahsulot sifati bo‘yicha tegishli nazoratdan o‘tkaziladi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee