Yangiliklar

2024-08-02

MUZQAYMOQ SAVDOSI BO‘YICHA REYD TADBIRLARI O‘TKAZILDI

topics-img

Erib qolgan, butunligi buzilgan, xavfsizligi kafolatlanmagan, saqlash va savdo qoidalariga rioya etilmagan holda sotilayotgan muzqaymoqlarni iste’mol qilish natijasida, ovqatdan zaharlanishlar, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Aynan shunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Shahrisabz shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan joylarda muzqaymoq savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga mahsulotlarni sifat va xavfsizligini ta’minlash maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Sotuvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va maxsus kiyim bilan ta’minlangan bo‘lishi,  muzqaymoqlarning sifati va xavfsizligini kafolotlovchi hujjatlari, qadoqlangan maxsulotlar talab etilgan haroratda muzlatgichlarda saqlanishi tushuntirilib profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi. Tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee