Yangiliklar

2024-06-24

NOQONUNIY KO'CHA SAVDOSI BO'YICHA KUCHAYTIRILGAN REYD TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

topics-img

Aholi salomatligi – birinchi navbatda atrof-muhit tozaligiga hamda sog'lom turmush tazriga e'tiborli bo'lishdan boshlanadi. Shu bilan bir qatorda iste'molchining madaniyati ham muhim ahamiyatga egadir.

Avval ham xabar berganimizdek, poytaxtimiz  bo'ylab noqonuniy ko'cha savdosiga chek qo'yish maqsadida kuchaytirilgan reydlar o'tkazilmoqda. Xususan, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mudiri Dilnoza Ahmedova hamda bo’lim mas’ul mutaxassislari  tomonidan shu kabi nazorat tadbirlari har kuni olib borilmoqda.

Yo'lning qatnov qismiga noqonuniy tarzda o'rnatilgan muzlatgichlar, kabob tayyorlashda foydalanadigan uskunalar joyida oldirilib, tozalik ishlari o'tkazildi va kamchiliklar bartaraf etildi.

Shuningdek, sifati kafolatlanmagan, sotuvchining sanitariya talablari asosida savdo jarayonlarini tashkil etmaganligi hamda iste'molga mutlaqo yaroqsiz deb  topilgan mahsulotlarning savdosi aniqlandi:

-"A.Fitrat" mahallasi hududida o'rnatilgan 500 litr kvas ichimligi;

-"Yangi qo'yliq" mahallasida 20 kg "Andijon muzqaymog'i";

-uy sharoitida tayyorlangan 18 litr kompot mahsulotlari tegishli tartibda savdodan olinib, brakeraj qilindi.

Bundan tashqari, umumiy ovqatlanish shoxobchalarining antisanitariya holatdaligi va xodimlar sanminimum kurslarida ta'lim olmaganligi, tibbiy ko'rikdan o'tmaganligi bois ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee