Yangiliklar

2024-03-26

OG‘IR SUMKALAR MAKTAB O‘QUVCHILARINING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA JIDDIY TA’SIR QILADI!

topics-img

Bolalikda uzoq vaqt og‘ir sumka ko‘tarib yurish skoliozga, umurtqa pog‘onasining egriligiga va oyoqlarning qiyshayib rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

 

Maktab sumkasining og‘irligi o‘quvchining yoshi, sinf darajasi va maktabning o‘ziga xos talablari kabi omillarga qarab farq qilishi mumkin.

 

Biroq odatda maktab sumkasi o‘quvchi vaznining 10-15% dan oshmasligi tavsiya etiladi. Misol uchun agar o‘quvchining vazni 40 kg bo‘lsa, uning maktab sumkasi 4-6 kg dan oshmasligi kerak.

 

1-2 sinf 3 kg dan ortiq emas

3-4 sinf 3.5 kg dan ortiq emas

5-6 sinf 5 kg dan ortiq emas

7-8 sinf 6.5 kg dan ortiq emas

9-11 sinf 8 kg dan ortiq emas

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee