Respublikamizda mavjud barcha OITSga
qarshi kurashish markazlarida psixologlar tomonidan OIV bilan yashovchilargа hissiy tanglikni, stress holatini
yengillashtirish/bartaraf etish usullarini o‘rgatgan holda quyidagi
ruhiy-psixologik yordam ko‘rsatib kelinmoqda:
OIV infeksiyali homilador va fertil yoshdagi ayollarni
psixologik qo‘llab-quvvatlash;
OIV bilan
yashovchilarning jinsiy sheriklari va qarindoshlari bilan psixologik ko‘mak
ishlarini olib borish, ularning ijtimoiy yordam olish huquqlarini himoya qilish
va ularning yaqinlariga bevosita psixologik yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Bundan
tashqarii ishonch telefonlari orqali hamda individual psixologik maslahat berib
kelinmoqda.
Bemorlarga ruhiy -psixologik yordam
ko‘lamini oshirish maqsadida Respublikamizda 16 ta multidissiplinar guruh
faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib ular, OIV bilan yashovchilarga ruhiy va
yuridik yordam olishlarida yaqindan yordam ko‘rsatadi.
Sanepidqo`mita
Axborot
xizmati