Mamlakatimizda gepatitning oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2022-yil 16-maydagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori muhim dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bachadon bo‘yni saratoni har qanday yoshdagi ayollarda uchraydigan xavfli va keng tarqalgan kasallikdir. Kasallikning eng yuqori darajasi 35−55 yoshda sodir bo‘ladi.
Aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olishda profilaktik uchrashuvlarning ahamiyati katta hisoblanadi.
Qarshi shahrida Sanepidqoʻmita, KOFIH fondi hamda O‘zbekiston mahallalari
uyushmasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda onkologik va yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish va diagnostika salohiyatini kuchaytirish loyihasi” doirasida seminar-trening o‘tkazildi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee